“TBC Bank Group” biznesni rivojlantirish uchun $200 mlnlik obligatsiyalarni joylashtiradi

Uch yil muddatga mo‘ljallangan obligatsiyalar so‘mda, hisob-kitoblar esa dollarda amalga oshiriladi

“TBC Bank Group” biznesni rivojlantirish uchun $200 mlnlik obligatsiyalarni joylashtiradi

“TBC Bank Group” $200 mlnlik obligatsiyalarni joylashtirganini e’lon qildi. Bu haqda Kapital.uz’ga bank matbuot xizmati xabar berdi.

Olingan mablag‘lar “TBC Uzbekistan” ni yanada rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Uch yillik sintetik obligatsiyalar so‘mda, hisob-kitoblar esa AQSH dollarida amalga oshiriladi. Kupon stavkasi so‘mda 22% etib belgilandi. Joylashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: birinchi transh $140 mlnni tashkil etadi, qolgan $60 mlnni keyingi 12-18 oy ichida joylashtirish rejalashtirilgan. Joylashtirish maydoni Vena MTF bo‘ladi.

Mablag‘lar mahsulot turlarini kengaytirish va yangi segmentlarga, shu jumladan kichik va o‘rta biznesga chiqish uchun ishlatiladi.

2025-yilning birinchi choragida kompaniyaning kredit portfeli va daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar oshib, guruh umumiy daromadining 21% ini ta’minladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
/
Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
/
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan
/
Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan