O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $68,4 mlrdni tashkil qildi

Davlat va korparativ qarzlar bir yilda qariyb $14,9 mlrdga ortgan

O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $68,4 mlrdni tashkil qildi

Davlat va korporativ qarzlar bir yilda qariyb $14,9 mlrdga ortgan. Bu haqda Markaziy bank sharhida qayd etilgan.

Joriy yil 1-choragida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi hajmi $68,4 mlrdni tashkil qildi. Shundan davlat tashqi qarzi hajmi $35,8 mlrdga, korporativ tashqi qarzlar esa $32,6 mlrdga teng bo‘lgan.

Yanvar–mart oylarida tashqi qarz qoldig‘i $4,3 mlrdga o‘sgan (davlat tashqi qarzi +$1,9 mlrd, korporativ tashqi qarz +$2,4 mlrd). Avvalgi chorakdagi (2024-yil 4-choragi) tashqi qarz o‘sishi $3,9 mlrdni tashkil etgan.

Oxirgi bir yilda mamlakat umumiy tashqi qarz qoldig‘i $14,9 mlrdga ko‘paygan. Shundan davlat tashqi qarzi $6,2 mlrd, korporativ tashqi qarz esa $8,7 mlrdga oshgan.

Tahlillarga qaraganda, O‘zbekiston korporativ tashqi qarzi asosan davlat kompaniyalari va banklarining qarzi hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Kaspiy dengizida o‘z paromlarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston Kaspiy dengizida o‘z paromlarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonda abituriyentlarga testga kirish ruxsatnomalari berila boshlandi
/
O‘zbekistonda abituriyentlarga testga kirish ruxsatnomalari berila boshlandi
Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi
/
Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi