“Biznesni rivojlantirish banki”ning matbuot anjumani o‘tkazildi
Unda bank Boshqaruvi rahbariyati, tarkibiy tuzilmalar mas’ul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi
Qayd etildiki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan, yurtimizda bank sohasida keng ko‘lamli islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, aholiga taklif etilayotgan bank xizmatlari qulayligi va hammabopli, zamon talablariga mosligi bilan turfa xil ko‘rinish kasb etmoqda va bu banklar orasida sog‘lom raqobat muhiti yuzaga kelishiga zamin yaratdi.
Ma’lumki, 2023 yil 4 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023 yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-292-sonli Qaroriga asosan “Qishloq qurilish bank” negizida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tashkil etildi.
O‘z navbatida, Prezident tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarda tadbirkorlarni rivojlantirish, ularning savodxonligini oshirish bo‘yicha xorijiy tajribalarni tadbiq qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatiga tashrifida berilgan topshiriqlar bo‘yicha tuzilgan yig‘ilish bayonnomasida 2024 yilda viloyatda kichik biznesni rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash “mentorlik” tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada Yaponiya tajribasini joriy etilishini tashkil etish vazifasi yuklatilgan edi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 7 sentyabrdagi PQ-312 sonli qaroriga asosan xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda o‘sish va rivojlanish salohiyatiga ega bo‘lgan tadbirkorlar faoliyatiga ko‘mak berish va hamrohlik qilish bo‘yicha mentorlar yoki yetakchi tadbirkorlar guruhini shakllantirish, bunda yil yakuniga qadar 24 ta mentorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshiriqlari berilgan.
Topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, 07.03.2024 yilda bank, jamg‘arma hamda Yamagata Universiteti o‘quv markazi tomonidan shartnomalar tuzilgan.
Shartnoma 3 bosqichda amalga oshirilishi belgilangan.
Bunda:
1-bosqich: Innovasion beznesni boshlash dasturini ishlab chiqish
2-bosqich: Tadbirkorlarni onlayn, oflayn tarzda o‘qitish, mentorlarni saralash va tayyorlash dasturi
3-bosqich: Bank xodimlarini o‘qitish
Shartnomaga ko‘ra, Yamagata Univesiteti professorlari tomonidan 17 turdagi video materiallar, 16 ta prezentatsiya va 50 ta savoldan tarkib topgan test savollari dasturi ishlab chiqildi.
Yaponiya universitetining professorlari tomonidan Respublikaning hududlari bo‘lib, tadbirkorlar bilan uchrashishdi. 150 nafar faol tadbirkorlar bilan o‘quv kurslari tashkil etildi.
O‘quv kurslari Yaponiyaning “u-hope” dasturini o‘z ichiga olgan. Bunda, Yaponiyaning Yamagata universitetining professorlari tomonidan tayyorlangan 10 turdagi videorolik shaklida darslik hamda 6 ta turdagi “keys amaliyot” larini o‘z ichiga olgan.
Bugungi kunda, ushbu o‘quv dasturiga tadbirkorlar tomonidan qiziqishlar ortib bormoqda. Hozirda dasturga 11,0 ming nafardan ortiq tadbirkorlar qiziqish bildirganligi, 2,0 ming nafardan ortiq o‘qish jarayonlari boshlanganligini, 500 nafarga yaqin tadbirkorlar sertifikat egalari bo‘lgan.
Yaponiya tomonining mutaxasislari o‘quv dasturlari jarayonida muvafaqiyatli qatnashgan tinglovchilardan 24 nafar mentorlarni saralab olishdi.
Saralangan tinglovchilar dastlab O‘zbekistonda keyingi navbatda Yaponiyaning Yamagata universitetida o‘z malakasini oshirib, halqaro sertifikatga ega bo‘ldilar.
O‘z o‘rnida, mentorlarning Yaponiyaga safari bilan bog‘liq harajatlar Markazlar tomonidan qoplab berildi, shuningdek, o‘zaro tuzilgan shartnomalarga asosan har bir mentor tomonidan jami 296 nafar trenerlarni tayyorlash majburiyati yuklatildi.
O‘z o‘rnida, barcha mentorlar tomonidan o‘quv dasturlari va o‘qitish reja grafiklari ishlab chiqildi va markazlar tomonidan tasdiqlandi.
Joriy yilning 18 noyabridan boshlab barcha hududlarda trenerlarni o‘qitish jarayonlari boshlab yuborildi.
O‘quv jarayonlari oflayn va onlayn shaklda amalga oshirilmoqda. Bunda, jarayonlarni yoritish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Dastlabki o‘quv kurslari yakunida 300 nafarga yaqin nomzodlarga sertifikatlar taqdim etiladi va ularga tadbirkorlik faoliyati uchun imtiyozlar berilishi ta’minlanadi.
Albatta, bu sohada mentorlar va trenerlar tomonidan kelgusida ishlar davom ettirilishi, tadbirkorlarni o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib, kengaytirilgan auditoriyalarda o‘qishlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Matbuot anjumanida shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ