Tadbirkorlar uchun o‘quv kursi: hammasi bepul
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturining asosiy tayanch banki hisoblangan “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tadbirkorlarga bepul onlayn o‘quv kurslarini taklif etmoqda
Bank tadbirkorlarning salohiyati va dunyoqarashini oshirishga har jihatdan yordam bermoqda va mazkur yangi loyiha bunga yorqin misoldir. O‘zbekistonda ilk bor Yaponiyaning taniqli va yetakchi mentorlari bilan birgalikda tashkil etilayotgan o‘quv kurslarida biznesni samarali boshqarish va rivojlantirish sirlari o‘rgatiladi. O‘quvlar Yamagata universiteti mutaxassislari tomonidan olib boriladi.
Ishtirokchilar Yaponiyaning rivojlangan biznes modellari, jumladan, Lean Management va Kaydzen metodlarini bevosita yapon ustozlaridan o‘rganish imkoniga ega bo‘lishadi. Bu nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy maslahatlar, vaqtni boshqarish va biznesni rejalashtirish kabi muhim jihatlarni ham qamrab oladi.
Mazkur loyiha biznesini boshlamoqchi bo‘lganlar, faoliyatini rivojlantirishni ko‘zlagan kichik va o‘rta biznes egalari, shuningdek, faoliyatini yanada yuqori bosqichga olib chiqishni istagan tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan.
Kurslarni tamomlagan va test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan tadbirkorlarga Yamagata universiteti va “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning xalqaro sertifikati takdim etiladi. Bu esa tadbirkorlarga xalqaro darajadagi tayanch yaratib, yangi biznes eshiklarini ochadi.
Yana bir o‘ziga xos jihati, o‘quv kurslari ishtirokchilarni va ularning biznesini Yaponiya kabi rivojlangan mamlakat bilan bog‘laydi, xalqaro darajadagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
Bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
O‘quv kurslarini Youtube tarmog‘i orqali ushbu manzildan ko‘rishingiz mumkin.
Murojaat uchun:
Telefon: 1254, +998 (78) 150-00-55
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ