Jahongir Mirpo‘latov Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Amaldor bunga qadar Soliq qo‘mitasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan

Jahongir Mirpo‘latov Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Soliq qo‘mitasi raisining 12-fevral kungi buyrug‘i bilan Mirpo‘latov Jahongir Muzaffarovich Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Mirpo‘latov 1985-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2003-yilda Toshkent moliya va iqtisodiyot kollejini, 2011-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2003-yilda Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlab, mas’ul va rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2018-yilda Sergeli tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlangan.

Amaldor poytaxt Soliq boshqarmasiga rahbar etib tayinlangunga qadar Soliq qo‘mitasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Toshkent shahri soliq idoralarini tanqid qilgan va qator rahbarlarini ishdan olgandi. Jumladan, poytaxt boshqarmasi rahbari Yunusjon Nasimjonov ham lavozimidan chetlatilgan.

U Soliq organlaridagi faoliyati davomida Farg‘ona va Jizzax viloyati boshqarmalari boshlig‘i lavozimlarida ishlagan, bir muddat qo‘mita raisiga o‘rinbosar bo‘lgan. 2021-yil noyabr oyida poytaxt Soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi