DABA ikkita mehmonxona va sport kompaniyasini sotuvi muddatini uzaytirdi

Arizalar 29-noyabrgacha qabul qilinadi

DABA ikkita mehmonxona va sport kompaniyasini sotuvi muddatini uzaytirdi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Xiva Plaza”, “Xiva Lokomotiv” va “Invest Group Centre” MChJlarning ustav kapitalidagi 100% ulushlariga ochiq savdo jarayonlari muddati uzaytirilganini ma’lum qiladi.

Unga koʻra, “Xiva Plaza” va “Xiva Lokomotiv” aktivlarini xususiylashtirish boʻyicha qiziqish bildirish uchun arizalarni qabul qilish  2024-yil 29-noyabr soat 18:00 gacha uzaytirildi. Arizalar info@rsm.uz elektron pochta manziliga yuborilishi kerak.

Muddat uzaytirilishidan maqsad, yanada koʻproq salohiyatli investorlarni jalb qilish, mazkur savdo bosqichida talab etiladigan hujjatlarni tayyorlanishiga koʻproq imkoniyat yaratish, shuningdek sotish jarayonlarini raqobat muhitida oʻtkazish.

«Invest Group Centre» MChJ aktivlarni xususiylashtirish boʻyicha esa arizalar 2-oktyabrdagi e’loniga ko’ra muddati 29-noyabrgacha uzaytirilib, munir.yakubov@piamg.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi