2024-yilda soliqlardan davlat byudjetiga qariyb 200 trln so‘m kelib tushgan

Yillik ko‘rsatkich 20,3% ga oshgan

2024-yilda soliqlardan davlat byudjetiga qariyb 200 trln so‘m kelib tushgan

2024-yilda soliqlarlardan O‘zbekiston davlat byudjetiga 199,6 trln so‘m kelib tushgan. Bu haqda Respublika Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi Dildora Xoshimova ma’lum qildi

Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 20,3% ga oshgan. Soliq tushumlari Toshkent shahri (+27%), Sirdaryo (+25%) va Toshkent viloyatida (+23%) sezilarli darajada oshgan.

Xoshimovaning ta’kidlashicha, jismoniy shaxslardan olinadigan mulk va yer solig‘i tushumlari 31,4% ga oshgan.

Aylanmadan olinadigan soliq 2,8 tlrn so‘mgacha byudjetga tushirilib, o‘tgan yilga nisbatan 17,5% ga o‘sgan. Foyda solig’i 29% ga, qo‘shilgan qiymat solig’i 16,4% ga oshgan.  

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Rulda ketayotib 15-20 daqiqa tirbandlikda turdim” — Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi yo‘llar holati haqida
/
“Rulda ketayotib 15-20 daqiqa tirbandlikda turdim” — Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi yo‘llar holati haqida
Gulnora Karimova oshxonada sud qilingani haqidagi da’volar rad etildi
/
Gulnora Karimova oshxonada sud qilingani haqidagi da’volar rad etildi
Toshkentga yana 6 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi
/
Toshkentga yana 6 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi