20.11.2025 | 15:59
Yangi tayinlov sababli Soliq qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi
Yangi raisi sifatida Farrux Jaxongirovich Po'latov Qo'mita faoliyatini olib boradi
Foto: Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko‘ra, Sherzod Davlatovich Qudbiyev Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Soliq qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Farrux Jaxongirovich Po’latov Soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. U bungacha egallab turgan — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ