Yaponiyaning “Sojitz” kompaniyasi Samarqandda ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi quradi

Davlat-xususiy sheriklik doirasida barpo etiladigan muassasa 800 o‘ringa mo‘ljallangan

Yaponiyaning “Sojitz” kompaniyasi Samarqandda ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi quradi

Yaponiyaning “Sojitz” kompaniyasi Samarqand shahrida 800 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda viloyat matbuot xizmati ma’lum qildi.

Inshoot “Shirin” turar-joy massivida davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida bunyod etiladi.

Loyiha Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevning “Sojitz” vakili Yasuxide Matida bilan o‘tkazgan muzokaralari davomida muhokama qilindi. Tomonlar sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik istiqbollarini, xususan, tibbiyot muassasalarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, raqamli texnologiyalarni joriy etish va kadrlar tayyorlash masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
/
“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
/
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi
/
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi