O’zbekiston Shveytsariyaning “Stadler Rail” kompaniyasidan elektr poyezdlarini sotib olishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, mamlakatda mahsulotlarni mahalliylashtirish imkoniyati ko'rib chiqilmoqda

O’zbekiston Shveytsariyaning “Stadler Rail” kompaniyasidan elektr poyezdlarini sotib olishni rejalashtirmoqda

Joriy yilning 13 sentabr kuni transport vaziri Ilhom Maxkamov va MDH mamlakatlari bo’yicha “Stadler Rail” raisi Aleksandr Lyuft o’rtasida muzokaralar bo’lib o’tdi. Bu haqda transport vazirligi xabar bermoqda.

Uchrashuv ishtirokchilari hamkorlikning mumkin bo’lgan yo’nalishlarini, jumladan, elektr poyezdlarini sotib olish, xizmat ko’rsatish sohasida mahalliy mutaxassislarni tayyorlash va O’zbekistonda mahsulotlarni mahalliylashtirish istiqbollarini muhokama qildilar. 

Muhokamalar natijasida tomonlar O’zbekiston yo’lovchi temir yo’l tarmog’i ehtiyojlari va “Stadler”ning har bir ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish segmenti uchun narx siyosatini hisobga olgan holda kompaniya imkoniyatlarini batafsil o’rganishga kelishib oldilar.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM