11 iyundan boshlab Shengen vizasi narxi 12% ga oshadi

Evropa komissiyasi viza xizmatlari narxining oshishini joriy inflyatsiya bilan izohladi

11 iyundan boshlab Shengen vizasi narxi 12% ga oshadi

Yevropa komissiyasi 2024 yil 11-iyundan boshlab butun dunyo bo’ylab qisqa muddatli Shengen vizasi (C turi) narxini 12%ga oshirishga qaror qildi.

Shengen C tipidagi vizaning narxi 12% ga oshadi. Kattalar uchun bu 90 evro, 12 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun 45 evro, olti yoshgacha bo’lgan bolalar uchun esa to’lov olinmaydi. Hozirda to’lov kattalar uchun 80 evro va 6 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun 40 evro.

Evropa komissiyasi inflyatsiya va Evropa Ittifoqidagi davlat xizmatchilarining o’rtacha ish haqini hisobga olgan holda har uch yilda bir marta Shengen vizalari narxini qayta ko’rib chiqadi.

Shengen zonasiga Evropaning 27 mamlakati kiradi. 2023 yilda O’zbekiston fuqarolari Shengen vizasini olish uchun 46,5 mingta ariza topshirdilar, shundan 16,5% rad etildi.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank bayram kunlari faoliyat olib boradigan bank ro‘yxatini e’lon qildi
/
Markaziy bank bayram kunlari faoliyat olib boradigan bank ro‘yxatini e’lon qildi
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
/
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi
/
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi