Savdoni boshqarish dasturining afzalliklari
Do‘konni avtomatlashtirish dasturining o‘rnatilishi minimal vaqtni talab qiladi

Agar siz chakana savdo do‘konini boshqarsangiz, inventarizatsiya jarayoni biznesdagi eng qiyin vazifalaridan biri ekanligini bilasiz. Shuning uchun sizga zaxiralar, savdo aylanmasi va qoldiqlarni kuzatib boradigan dasturiy ta’minot lozim. Bir necha yillik tajriba va yuzlab mamnun mijozlarga ega Optimo – do‘konlarni boshqarish dasturi bu borada eng yaxshilaridan biridir.
Inventarizatsiya har qanday savdo nuqtasi uchun qiyin jarayon. Odatda menejerlar, kassirlar va sotuvchilar barcha tovarlarni hisoblash uchun tuni bilan qolishlariga to‘g‘ri keladi. Menejerlar aldanib qolmaslik uchun jarayonni to‘liq nazorat qilishga majburlar.
Inventarizatsiya jarayoni ko‘p vaqt, kuch va behuda harakatni talab qiladi. Axir, siz har doim qanday tovarlar borligi, xodimlar sizni aldamasligi va tashrif buyuruvchilarni o‘g‘irlik qilmasliklarini nazorat qila olmaysiz.
Optimo – savdoni boshqarish dasturiga mahsulot bir marta kiritilganidan so‘ng, u zaxiralarni va javonlar hamda ombordagi qoldiqlarni bilish imkonini beradi. Do‘konlar uchun dastur bilan inventarizatsiya jarayoniga kunlab vaqt yo‘qotishga hojat qolmaydi.
Bundan tashqari, do‘konni avtomatlashtirish dasturi bilan siz qaysi mahsulot ko‘p sotilayotganini osonlikcha bilasiz va mijozlarni yo‘qotmaslik uchun har doim uni zaxirada bo‘lishini ta’minlaysiz.
Optimo qanday do‘konlar uchun?
Savdoni boshqarish dasturi – oziq-ovqat, qurilishlar, zargarlik buyumlari, qandolat mahsulotlari, avtomobil do‘konlari va boshqa turdagi biznes turlari uchun mos keladi. Va eng muhimi, siz ushbu xizmatni birinchi 14 kun davomida bepul olishingiz, so‘ngra 2 xil ta’rifdan birini tanlashingiz mumkin.
Savdoni boshqarish dasturi yana qanday afzalliklarga ega?
U internet bilan ham, internetsiz ham ishlaydi. Inventarizatsiya jarayonida ham dastur uchun internet shart emas. Odatda omborlar ko‘pincha aloqa yaxshi bo‘lmagan joylarda joylashgan bo’ladi. Bunday hollarda inventarizatsiyani oflayn rejimda o‘tkazish juda qulay. Do‘konni avtomatlashtiruvchi dastur bilan do‘konni yopish va daromadni yo‘qotish kerak emas. Natijada siz inventarizatsiya paytida do‘konni yopish orqali mijozlar va daromadni yo‘qotmaysiz.
Inventarizatsiyani masofadan boshqarish mumkin, ya’ni do‘kondan uzoqda bo‘lganingizda, siz har doim ish qanday ketayotganini ko‘rishingiz va natijalarini tekshirishingiz mumkin.
Qo‘lda inventarizatsiya qilish bir necha kun davom etishi mumkin bo‘lgan bir paytta, siz do‘konlar uchun dastur bilan 2-3 soat ichida tovarlarni to‘liq inventarizatsiya qilish imkoniyatiga egasiz.
Bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilmalarni ulash imkoniyati. Savdoni boshqarish dasturiga bir vaqtning o‘zida bir nechta kompyuterlardan ulanish imkonini beradi, bu ham jarayonni tezlashtirishga yordam beradi.
Yana bir afzallik shundaki, butun inventarizatsiya tarixi do‘konni avtomatlashtiruvchi dasturda saqlanadi va siz istalgan vaqtda kim nimani skaner qilganini, qaysi kuni qanday ma’lumotlarni olganingizni ko‘rishingiz mumkin. Bu bir necha oy oldingi ma’lumotlarni ko’rib chiqish va tekshirish kerak bo‘lganda yordam beradi.
Optimo bilan biznesingizni oson va oqilona boshqaring.
Telefon:+998 (71) 205-12-22
Instagram: @optimo_uz
Telegram: @optimo_uz
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ