Savdo va xizmat ko‘rsatishda yagona QR-kodli to‘lov tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Talab 2026-yil 1-iyuldan majburiy tartibda qo‘llanadi

Savdo va xizmat ko‘rsatishda yagona QR-kodli to‘lov tizimi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi barcha korxonalar uchun elektron to‘lovlarni qabul qilishda yagona QR kod joriy etiladi. Bu haqda prezidentning 10-dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab barcha kompaniyalar banklarda generatsiya qilingan yagona QR kod orqali elektron to‘lovlarni qabul qiladi. 2026-yilning 1-iyulidan ushbu talab majburiy bo‘ladi va QR koddan foydalanmaslik savdo qoidalarini buzish sifatida baholanadi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yildan 1 ta tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil turdagi tovarlarga muvofiqlik va ekologik sertifikat 1 yildan oshmagan muddatga 1 marotaba beriladi.

Dekabr oyida Markaziy bank naqd pulsiz hisob-kitoblar uchun turli to‘lov ilovalari tomonidan qo‘llanadigan alohida QR kodlar o‘rniga universalini sinovdan o‘tkazishini ma’lum qilgandi. O‘tgan yili QR kod orqali amalga oshirilgan to‘lovlar hajmi qariyb 31 foizga, tranzaksiyalar soni esa 2,3 barobarga oshgan.

Markaziy bank QR kodlar orqali to‘lovning afzalliklari qatorida POS-terminallarni o‘rnatish zaruratining yo‘qligini, bu biznes uchun xarajatlarni kamaytirishini, shuningdek, amalga oshirilgan integratsiya tufayli soliq keshbeki avtomatik ravishda hisoblanishini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni prezident farmoni bilan 2026-yil 1-apreldan ko‘chmas mulk va transport vositalari bilan bog‘liq bitimlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Qiymati 25 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan tovarlar va xizmatlar, benzin sotib olish va boshqalar uchun to‘lovlar ham naqd pulsiz shaklga o‘tkaziladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ko‘chmas mulk va qurilish materiallari uchun soliqlar bozor narxida hisoblanadi
/
Ko‘chmas mulk va qurilish materiallari uchun soliqlar bozor narxida hisoblanadi
YETTB O‘zbekistonning ikki xususiy bankiga $120 mln miqdorida kredit ajratdi
/
YETTB O‘zbekistonning ikki xususiy bankiga $120 mln miqdorida kredit ajratdi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobil savdosi faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi
/
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobil savdosi faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi