O‘zbekiston yil oxirigacha $8,5 mlrddan ortiq sarmoya jalb etishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, 2025-yil uchun DXSh va xususiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni aniqlash bo‘yicha topshiriq berildi

O‘zbekiston yil oxirigacha $8,5 mlrddan ortiq sarmoya jalb etishni rejalashtirmoqda

27-noyabr kuni prezident ishtirokida xorijiy investitsiyalarni jalb etishning bugungi holati va kelgusi yil rejalari muhokama qilindi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yil oxirigacha $8,6 mlrdlik investitsiyalarni jalb etish rejalashtirilgan. Prezident hududlarda investitsiya faoliyatini faollashtirish, bu boradagi ishlarga yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi. Misol tariqasida  Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining xususiy sektor ishtirokidagi loyihalarni moliyalashtirishga tayyorligini, bunda mamlakatda ishbilarmonlik muhiti va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining yaxshilanishini hisobga olgan holda qayd etdi.

Hududlar bunday imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishi, moliyaviy resurslarni mustaqil jalb etishi zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, nafaqat investitsiyalar hajmini oshirish, balki ularning sifatini ham yuqorilash takidlandi.

Shuningdek, 2025-yilga qadar soha va hududlar boʻyicha aniq loyihalarni, jumladan, davlat-xususiy sheriklik doirasidagi tashabbuslarni hamda xususiy investitsiyalarni jalb etishni aniqlash vazifasi qoʻyildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston energetika vaziri podstansiyani tanqid qilgani sababli moliyachi ustidan shikoyat qildi
/
O‘zbekiston energetika vaziri podstansiyani tanqid qilgani sababli moliyachi ustidan shikoyat qildi
Energetika sohasida 2,3 ming megavatt quvvatga stansiyalar ishga tushirilmoqda
/
Energetika sohasida 2,3 ming megavatt quvvatga stansiyalar ishga tushirilmoqda
O’zbekistonda dollar kursi rekordlarni yangilashdan to’xtamayapti
/
O’zbekistonda dollar kursi rekordlarni yangilashdan to’xtamayapti