Skoda Group O‘zbekistonda temir yo‘l texnikasini yig‘ish tizimini yo‘lga qo‘yadi

Chexiya kompaniyasi Yevropa komissiyasi ko‘magida qo‘shma korxona tashkil etishni rejalashtirmoqda

Skoda Group O‘zbekistonda temir yo‘l texnikasini yig‘ish tizimini yo‘lga qo‘yadi

Chexiyaning Skoda Group mashinasozlik xoldingi O‘zbekistonda temir yo‘l texnikasini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

24-oktabr kuni Bryusselda Yevropa kompaniyalari va banklari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida Skoda Group bosh direktori Petr Novotniy O‘zbekiston bozoriga kirish strategiyasini taqdim etdi. U Markaziy Osiyo mintaqasining istiqbolli ekanini ta’kidladi va Yevropa komissiyasi hamda Yevropa investitsiya banki ko‘magida qo‘shma korxona tashkil etish rejalari haqida ma’lum qildi.

Rejaga ko‘ra, qo‘shma korxona uchta asosiy yo‘nalishda faoliyat yuritadi:

  • temir yo‘l texnikasini yig‘ishni mahalliylashtirish;
  • uning butun ekspluatatsiya davrida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash;
  • hamda mahalliy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish uchun Skoda akademiyasini ochish.

Petr Novotniy ta’kidlashicha, bu tashabbuslar Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitim, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Global Gateway strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya O‘zbekistonni Yevropa investitsiyalarini qabul qilishga tayyor davlat sifatida ko‘radi va bu orqali barqaror transport, ta’lim hamda texnologik modernizatsiyani rivojlantirishga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.

Bundan tashqari, Skoda Group vakillari va O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar temir yo‘l va shahar transporti sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev respublika transport sohasiga Yevropa texnologiyalari va ilg‘or tajribalarini joriy etishning ahamiyatini alohida qayd etdi va kompaniyaning O‘zbekiston bozorida uzoq muddatli faoliyat yuritish rejasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi