Surxondaryoda “Sangardak” turizm markazi quriishi boshlandi

Loyiha qiymati 913,3 mlrd so‘mni tashkil qilib, 615 gektarni qamrab oladi

Surxondaryoda “Sangardak” turizm markazi quriishi boshlandi

Surxondaryo viloyatida turizm salohiyatini oshirish maqsadida qiymati 913,3 mlrd so‘mlik “Sangardak” turistik markazi qurilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha 615 gektar maydonni qamrab olib, quyidagi infratuzilma obyektlarini o‘z ichiga oladi:

  • 21 ta restoran, kafe va barlar;
  • 296 ta savdo nuqtasi;
  • 4 ta 3 yulduzli va 2 ta 5 yulduzli mehmonxonalar;
  • 10 ta mehmon uyi;
  • Sanatoriy va madaniy hordiq maskani;
  • 1,6 km uzunlikdagi dor yo‘li, “zip layn” va piknik hududlari.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur majmua va “Nilu” mahallasini turizm qishlog‘iga aylantirish loyihalari bilan tanishdi. Tashrif davomida loyihalarning xalqaro talablarga muvofiq, sifatli va samarali amalga oshirilishi zarurligi ta’kidlandi.

“Sangardak” turizm markazi loyihasini “Turonbank”, turizm sohasi mutasaddilari va tashabbuskor tadbirkorlar hamkorlikda amalga oshirmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Haydovchilar biometrik hujjatlarning asl nusxasini koʻrsatishlari shart — YHXB
/
Haydovchilar biometrik hujjatlarning asl nusxasini koʻrsatishlari shart — YHXB
Yanvar-may oylarida avtomobil ishlab chiqarish qariyb 5% ga oshdi
/
Yanvar-may oylarida avtomobil ishlab chiqarish qariyb 5% ga oshdi
Toshkentda “O‘rikzor” qurilish bozori yopildi
/
Toshkentda “O‘rikzor” qurilish bozori yopildi