Yil oxirigacha Samarqanddan Urgutga temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Infratuzilma yiliga 350 mingdan ortiq odam va 8,2 mln tonna yuk tashish imkonini beradi

Yil oxirigacha Samarqanddan Urgutga temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Bugun, 15-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Samarqand – Urgut” yangi temir yo‘l liniyasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Yangi magistralning uzunligi 55 kilometrni tashkil etadi. Objektdagi ishlar fevral oyida boshlangan. Loyihaga ikki yo‘lovchi stansiyasi, erkin iqtisodiy zona hududida ikkita yuk terminali, shuningdek, bir nechta ko‘priklar qurilishi kiradi.

Obyektni foydalanishga topshirish 2025-yilning oxirgi oylariga rejalashtirilgan. Harakat jadvaliga ko‘ra, har kuni ikki juft shaharlararo poyezd va to‘qqiz juft yuk poyezdlarining qatnovi ta’minlanadi.

Yangi infratuzilma yiliga 359 ming nafar yo‘lovchini tashish va 8,2 mln tonna yuk yetkazib berishni ta’minlashi kutilmoqda. Bu liniya Samarqandni Jomboy, Pastdarg‘om, Tayloq va Urgut tumanlari bilan bog‘laydi. Kelgusida ushbu uchastkani to‘liq elektrlashtirish mo‘ljallangan.

Temir yo‘lning o‘zida 130 ta ish o‘rni yaratiladi. Magistral “Urgut” EIZ logistikasini yaxshilash, tovarlar yetkazib berish tezligini oshirish va transport xarajatlarini qisqartirish orqali hududning raqobatbardoshligini kuchaytirishni maqsad qiladi.

Davlat rahbari shuningdek, Urgutning yangi vokzalini ko‘zdan kechirib, infratuzilmani rivojlantirish va fuqarolar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi. E’tibor hududni obodonlashtirish va temir yo‘l bo‘ylab yer maydonlaridan qishloq xo‘jaligida foydalanishga qaratildi.

Tadbirkorlar tashabbusi bilan temir yo‘l stansiyasi atrofida avtovokzal, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, ekomarket, shuningdek, uy-joylar, maktablar va bog‘chalar qurish rejalashtirilgan. Bu loyihalar amalga oshishi natijasida 350 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

S&P yil oxiriga qadar dollar 12 050 so‘m darajasida qolishini prognoz qilmoqda
/
S&P yil oxiriga qadar dollar 12 050 so‘m darajasida qolishini prognoz qilmoqda
Avolon Centrum Air’ga o’zining 5 ta Airbus A320neo samolyotlarini ijaraga beradi
/
Avolon Centrum Air’ga o’zining 5 ta Airbus A320neo samolyotlarini ijaraga beradi
O‘zbekiston va Rossiya JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni amalda yakunladi
/
O‘zbekiston va Rossiya JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni amalda yakunladi