Qozog’iston O’zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishni uch baravarga oshirishni rejalashtirmoqda

Gaz tranzitini 2026 yildan boshlab o'shirishni rejalashtirishmoqda

Qozog’iston O’zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishni uch baravarga oshirishni rejalashtirmoqda

Qozog’iston energetika vazirligi 2026 yildan boshlab Rossiya gazining O’zbekistonga tranzitini yiliga 3 milliard kub metrdan 11 milliard kub metrgacha o’shirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ТАСС xabar berdi.

Qozog’iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev bu haqda hay’at majlisida ma’lum qildi.

O’tgan yili davlatimiz rahbari ishtirokida mamlakatimiz hududi orqali O’zbekistonga yiliga 3 milliard kub metrgacha Rossiya gazi tranziti yo’lga qo’yildi, — dedi energetika vazirligi rahbari.

Majlisga doir hujjatlarga ko’ra, O’zbekistonga gaz tranzitini yiliga 11 milliard kub metrgacha oshirish rejalashtirilgan.

2023 yil 7 oktyabrda Rossiya, O’zbekiston va Qozog’iston prezidentlari Rossiya tabiiy gazining Qozog’iston hududidan O’zbekistonga «O’rta Osiyo — Markaz» magistral gaz quvuri orqali tranzitini boshlashdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi
/
Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi
“TBC Uzbekistan” birinchi chorakda sof foydani 15% ga oshirdi
/
“TBC Uzbekistan” birinchi chorakda sof foydani 15% ga oshirdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi