“Riyadh Cables” O‘zbekistondagi “Artikul Aziya Kabel” kompaniyasi aksiyalarini sotib oldi

Kompaniya vakillari qariyb $39 mlnlik bitimni imzoladi

“Riyadh Cables” O‘zbekistondagi “Artikul Aziya Kabel” kompaniyasi aksiyalarini sotib oldi

“Riyadh Cables Group Co.” kompaniyasi O‘zbekistondagi “Artikul Aziya Kabel” aksiyalarining 51% ini sotib olish bo‘yicha bitim imzoladi.

“Riyadh Cables Group Co.” kompaniyasi O‘zbekistonlik “Artikul Aziya Kabel” korxonasining nazorat paketi (51%) aksiyalarini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda kompaniya Saudiya Arabistonining Tadawul fond birjasiga taqdim etgan bayonotida ma’lum qilindi.

27-oktabr kuni “Riyadh Cables Group” “Artikul Aziya Kabel” egalaridan aksiyalarni sotib olish bo‘yicha SPA (Share Purchase Agreement) — ya’ni aksiyalarni sotib olish shartnomasini imzoladi. 147,7 mln Saudiya riyoli (taxminan $39,4 mln) miqdoridagi 51% ulushni “Riyadh Cables Group” kompaniyasining to‘liq sho‘ba korxonasi orqali xarid qilish rejalashtirilgan.

Bitim kuchga kirishi uchun bir qator shartlar bajarilishi lozim. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan qo‘shilish va mulk huquqini o‘tkazishga ruxsat olinishi kerak. Shuningdek, sotuvchilar tomonidan zarur huquqiy jarayonlarni yakunlash, hamda “Artikul Aziya Kabel”ni moliyalashtirayotgan hozirgi bank va moliya muassasalarining roziligini olish talab etiladi.

Bitimni moliyalashtirish “Riyadh Cables Group Co.” kompaniyasining ichki resurslari hamda mavjud kredit liniyalari hisobidan amalga oshiriladi. Kompaniya ushbu bitim orqali daromad manbalarini diversifikatsiya qilishni, shuningdek, O‘zbekistonning resurslari va texnologiyalaridan foydalanib, mintaqaviy va global bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishni maqsad qilgan.

Kutilishicha, ushbu bitim kompaniyaning moliyaviy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

“Artikul Aziya Kabel” 2013-yilda tashkil etilgan bo‘lib, kuch kabellari, elektr simlari, quyosh energetikasi uchun kabellar va kabelli tizimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi