Toshkent shahridagi “Risoviy” bozori sotuvga chiqarildi

Lotning boshlang‘ich narxi 15,94 mlrd so‘mni tashkil etmoqda

Toshkent shahridagi “Risoviy” bozori sotuvga chiqarildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan Beshqo‘rg‘on (“Risoviy”) bozori filialining bino va inshootlarini sotivga qo‘ydi. Bu haqda E-auksion’dagi e’londan ma’lum bo‘ldi.

Xaridorlarga Farg‘ona yo‘li va Abdurauf Fitrat ko‘chalari chorrahasi yaqinidagi 0,26 gektar yer maydoni taklif etilmoqda. Unda usti yopiq savdo rastasi hamda bir nechta tijorat va yordamchi binolar joylashgan.

Bino va inshootlarning umumiy maydoni 1 682 kv metrni tashkil etadi. Bu yerda barcha kommunikatsiyalar — gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmog‘i mavjud.

Obyekt o‘rnida ekobozor, savdo va ko‘ngilochar maskanlar, biznes markazi, ofis va xizmat ko‘rsatish maydonlari, avtoturargohga ega savdo majmuasi barpo etiladi. Ishlar loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan master-reja asosida olib borilishi kerak.

Lotning boshlang‘ich bahosi 15,94 mlrd so‘mni, zakalat puli esa 478,41 mln so‘mni tashkil etadi.

Auksion joriy yilning 28-aprel kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalar shu kuni soat 9:00 gacha qabul qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston chegarasida erkin savdo va sanoat zonalari tashkil etishi mumkin
/
O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston chegarasida erkin savdo va sanoat zonalari tashkil etishi mumkin
ILMA iqtisodchi Otabek Bakirovga qarshi shikoyat berdi
/
ILMA iqtisodchi Otabek Bakirovga qarshi shikoyat berdi
O‘zbekistonda rubldan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda rubldan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushdi