Ribasiz treyding: foreksda qanday halol savdo qilish mumkin

Bashoratlarga ko‘ra, 2026-yilga kelib islomiy moliyalashtirish aktivlari 5,96 trillion dollarga yetadi

Ribasiz treyding: foreksda qanday halol savdo qilish mumkin

O‘tgan yili shariat talablariga mos keladigan loyihalarga kiritilgan sarmoyalar taxminan 25,9 milliard dollarni tashkil etdi. Bashoratlarga ko‘ra, 2026-yilga kelib islomiy moliyalashtirish aktivlari 5,96 trillion dollarga yetadi.

Foreks – turli valyutalar va boshqa aktivlarni sotib olish hamda sotish, ularning narxi o‘zgarishidan foyda olish mumkin bo‘lgan xalqaro bozorda savdo qilish halol deb hisoblanishi mumkin. Buning uchun maxsus islomiy savdo hisobini ochish lozim. Bunday hisobni Alpari taklif etadi.

Kompaniya mutaxassislari halol treydingning qanday xususiyatlarga ega ekanligini va u bilan birgalikda qanday daromad topishni boshlash mumkinligini tushuntirib berishdi.

Nega forex harom emas

Halol treyding islomiy taqiqlarni buzmaydi. Ularning asosiylarini ko‘rib chiqamiz.

  • Riba taqiqi, ya’ni foiz evaziga pul qarz berish.

Oddiy treydingda, agar investor savdo sessiyasi yopilgandan so‘ng o‘z pozitsiyasini ochiq qoldirsa, broker undan foiz – svop oladi. Bu shunday sodir bo‘ladiki, savdo qilish uchun treyderga kredit yelkasi deb ataladigan foizli qarz beriladi.

Halol treydingda kredit bo‘yicha foizlar to‘lanmaydi. Buning o‘rniga treyder brokerga belgilangan komissiya to‘laydi.

  • Qimor o‘yinlarini (maysir) taqiqlash.

Foreks qimor o‘yini emas. Treyder omadli tasodif tufayli emas, balki bozorni tahlil qilish, bashorat qilish mahorati, savdo pozitsiyalarini o‘z vaqtida ochish yoki yopish orqali foyda oladi.

  • Garar bitimlarni taqiqlash, ya’ni noaniqlik elementlarini o‘z ichiga olgan bitimlar.

Albatta, Foreksda muvaffaqiyat ba’zan omadga ham bog‘liq bo‘ladi.

Biroq, bu yerda faqat tasodifga tayanish va noaniqlik sharoitida savdo qilish mumkin emas. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, treyderlar uchun fundamental va texnik tahlil asoslarini bilish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlay oladigan va mustaqil ravishda bitimlarni amalga oshira oladigan o‘rgatilgan robotlarga asoslangan avtomatlashtirilgan savdo tizimlaridan foydalanish mumkin.

  • Spirtli ichimliklar, cho‘chqa go‘shti ishlab chiqarish, qimor o‘yinlari va shu kabi sohalar bilan bog‘liq sektorlarga investitsiya kiritishni taqiqlash.

Shariat qoidalariga ko‘ra, dengiz transporti, ishlab chiqarish, kiyim-kechak, tibbiy jihozlar, ko‘chmas mulk, mebel, sarf materiallari, xomashyo mahsulotlari va boshqa turli sohalardagi kompaniyalarning valyutasi va aksiyalarini sotib olishga ruxsat berilgan. Bu aktivlar forex bozorida savdo qilinadi.

Shuningdek, forex bozorida mavjud bo‘lgan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallarni sotib olish ham taqiqlanmagan. Kompaniya mutaxassislari halol treyding qanday xususiyatlarga ega ekanligi va u bilan qanday pul ishlash mumkinligi haqida ma’lumot bermoqda.

Shuni yodda tutingki, halol treydingda obligatsiyalar va fyucherslardan foydalanish mumkin emas. Aksiyalardan farqli o‘laroq, obligatsiyalar bo‘yicha qat’iy belgilangan daromad (riba) to‘lanadi. Biroq, bundan istisno mavjud – sukkuk obligatsiyalari, ularda daromad kafolatlanmagan. Bunday obligatsiyalarni faqat faoliyati shariat talablariga mos keladigan kompaniyalar chiqarishi mumkin.

Fyucherslar esa ikki tomon o‘rtasida kelajakda ma’lum bir aktivni oldindan belgilangan narxda sotib olish yoki sotish haqidagi kelishuvni anglatadi. Ular taqiqlangan, chunki bu moliyaviy vosita bilan ishlashda noaniqlik va qimor unsurlari mavjud bo‘ladi.

Islomiy hisobni qanday ochish mumkin

Shunday qilib, islomda foreks bozorida ishlash taqiqlanmagan, ammo savdo qilishni boshlashdan oldin brokerlik kompaniyasida maxsus islomiy hisoblar mavjudligini, kompaniyaning bozorda necha yildan beri faoliyat yuritayotganini va uning obro‘sini aniqlash lozim.

Islomiy hisoblarda svoplar bo‘lmaydi va bu yerda faqat ruxsat etilgan moliyaviy vositalar bilan savdo qilish mumkin.

Alpari bilan halol treyding qilish uchun SwapFree xizmatini yoqish kerak. Bu xizmat pozitsiyalarni keyingi savdo kuniga o‘tkazish uchun to‘lovdan qochish imkonini beradi.

Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarining* fuqarolari bu xizmatni qo‘shimcha ma’lumotnoma va hujjatlarni taqdim etmasdan mustaqil ravishda yoqishlari mumkin.

Qo‘shimcha

* SwapFree’ni mustaqil ravishda ulashi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati

O‘zbekiston

  • Misr
  • Sudan
  • Marokash
  • Tunis
  • Janubiy Sudan
  • Bahrayn
  • Livan
  • Afg‘oniston
  • Iroq
  • Iordaniya
  • Quvayt
  • Livan
  • Ummon
  • Qatar
  • Saudiya Arabistoni
  • Turkiya
  • Birlashgan Arab Amirliklari
  • Yaman

SwapFree’ni ulash uchun treyderning harakatlar tartibi:

  1. Shaxsiy kabinetingizga kirib, «Mening hisoblarim» bo‘limini tanlang.
  2. «Savdo hisoblari» kichik bo‘limiga o‘ting va «Haqiqiy hisoblar»ni tanlang.
  3. Swap-Free xizmatini ulashni istagan savdo hisobi raqamini topib, hisobingiz ma’lumotlarini ko‘rish uchun unga bosing.
  4. Swap-Free xizmat ko‘rsatish shartnomasini o‘qing va shartlarga rozi bo‘lsangiz, «Ha» tugmasini bosing.
  5. Tugma yashil rangga o‘zgaradi. Swap-Free xizmati savdo hisobingizga muvaffaqiyatli ulandi!

Ro‘yxatdagi mamlakatlar rezidenti bo‘lmagan treyderlar swapfree@alpari.com manziliga so‘rov yuborishlari kerak. Xatga diniy e’tiqod haqidagi ma’lumotnoma ilova qilinishi lozim. Mutaxassislar murojaatni ko‘rib chiqib, keyingi harakatlar to‘g‘risida ma’lumot beradilar.

Gunohsiz savdo

Shariat tamoyillari asosida ishlaydigan birinchi pay fondi 1984-yilda AQShda tashkil etilgan. O‘shandan beri bu bozor rivojlanib kelmoqda. Islom banklari va moliya muassasalari Bosh kengashining hisobotida ta’kidlanishicha, so‘nggi o‘n yil ichida jahon islom fondlari bozori 300 foizdan ziyod o‘sgan. Bu halol investitsiyalarga bo‘lgan talabning ortib borayotganining tabiiy natijasidir. Keyingi o‘sish uchun imkoniyat mavjud: hozirda moliyaviy vositalarning atigi 1 foizdan kamrog‘i shariat me’yorlariga mos keladi, garchi musulmonlar dunyo aholisining deyarli to‘rtdan bir qismini tashkil etsa-da.

Halol treyding o‘z diniy e’tiqodlarini sarmoya kiritish bilan uyg‘unlashtirmoqchi bo‘lganlar uchun qiziqarli tanlov bo‘lishi mumkin.

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

«Biznesni rivojlantirish banki» xodimi ACCA a’zosi bo‘ldi  
/
«Biznesni rivojlantirish banki» xodimi ACCA a’zosi bo‘ldi  
Chekishga qarshi kurashda O‘zbekiston Shvetsiyadan qanday o‘rnak olishi mumkin
/
Chekishga qarshi kurashda O‘zbekiston Shvetsiyadan qanday o‘rnak olishi mumkin
Way II kompaniyasi o‘z chegaralarini kengaytirishda davom etmoqda
/
Way II kompaniyasi o‘z chegaralarini kengaytirishda davom etmoqda