Qozog‘istonning “RG Brands” kompaniyasi O‘zbekistondagi ichimlik ishlab chiqaruvchi korxonani sotib oladi
“Southhub” ning 100% ulushini sotib olish haqidagi ariza Raqobat qo‘mitasi tomonidan ma'qullandi
Фото: открытые источники
Qozog‘istonlik “RG Brands South” kompaniyasi Yangiyo‘ldagi “Southhub” korxonasining ustav kapitalidagi 100% ulushni sotib olishga ruxsat oldi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Aktivni xarid qilish bo‘yicha arizani Qozog‘iston holdingining mamlakatdagi alkogolsiz ichimliklar bo‘yicha rasmiy distribyutori hisoblangan sho‘ba korxonasi topshirgan. Regulyatorning maxsus komissiyasi bitim tafsilotlarini o‘rganib chiqdi va operatsiya tarmoqda raqobatni cheklamasligi haqida xulosa qilgani sababli ijobiy qaror qabul qilindi.
Yagona davlat korxona va tashkilotlar reestri ma’lumotlariga ko‘ra, “Southhub” kompaniyasi joriy yilning sentabr oyida Yangiyo‘l shahrida ro‘yxatdan o‘tgan. Tashkilot alkogolsiz mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning ustav fondi 100 mlrd so‘mni tashkil etadi, bitimgacha yagona ta’sischi sifatida Master Global Plyus ko‘rsatilgan edi.
Aktivning hozirgi egasi 2011-yildan beri bozorga faoliyat yuritib keladi va Cool Line limonadlari hamda Carelux antiseptiklari savdo belgilariga egalik qiladi. Master Global Plyus kompaniyasi egalari orasida Maksud Fayzullayev (36,94%), Nilufar Xadjayeva (31,24%), Xabibullo Hasanov (30,59%) va Bobir Karimov (1,23%) qayd etilgan.
Xaridor — “RG Brands South” — 2021 yilda tashkil etilgan. Kompaniya to‘liq “RG Brands” tarkibiga kiradi, uning ustav kapitali 23,12 mlrd so‘mga teng.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ