Qozog’iston Milliy banki asosiy stavkani 15,25%ga oshirdi

Bunga tenge kursining kesin pasayishi sabab bo’lgan

Qozog’iston Milliy banki asosiy stavkani 15,25%ga oshirdi

Qozog‘iston Milliy banki tenge kursining keskin pasayishi va inflyatsiyaning o‘sishi fonida bazaviy stavkani bir foizga oshirib, 15,25%ga yetkazdi. Bu haqda Qozog’iston regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Oktyabr oyi oxirida Qozog‘istonda inflyatsiya tariflarning oshishi hamda xizmatlar va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining tez o‘sishi hisobiga 8,5%gacha oshgan. Milliy bank e’tiborni byudjet daromadlari bajarilmagani va inflyatsiya kutilmalarining o’zgaruvchanligiga qaratdi.

Bundan tashqari, tengening zaiflashishi pul-kredit siyosatini kuchaytirish foydasiga bo’ldi. Milliy valyutaning dollarga nisbatan rasmiy kursi hafta davomida deyarli 3,7%ga pasaydi. 

Qozog‘iston Milliy banki Rossiyada rubl kursidagi tebranishlar va yuqori inflyatsiyani oziq-ovqat mahsulotlarining jahon narxlari o‘sishi bilan birga tashqi inflyatsiya bosimini oshirishning asosiy omillari qatorida aniqladi.

Regulyatorning prognozlariga ko‘ra, Qozog‘istonda inflyatsiya 2024-yil oxiriga kelib 8-9%gacha tezlashadi. Kelgusi yilda narxlar 6,5-8,5% gacha ko’tariladi. 2027-yildan oldin inflyatsiyaning 5%ga qisqarishi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Energetika sohasida 2,3 ming megavatt quvvatga stansiyalar ishga tushirilmoqda
/
Energetika sohasida 2,3 ming megavatt quvvatga stansiyalar ishga tushirilmoqda
O’zbekistonda dollar kursi rekordlarni yangilashdan to’xtamayapti
/
O’zbekistonda dollar kursi rekordlarni yangilashdan to’xtamayapti
O‘zbekistonda eski namunadagi $100 lik banknotlar muomalada 
/
O‘zbekistonda eski namunadagi $100 lik banknotlar muomalada