Saida Mirziyoyeva: O‘zbekiston va AQSh yil oxirigacha qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushiradi

DFC yangi hamkorlarni jalb etishda ko‘maklashib, investitsiya risklarining bir qismini o‘z zimmasiga oladi

Saida Mirziyoyeva: O‘zbekiston va AQSh yil oxirigacha qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushiradi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSh Xalqaro moliyaviy rivojlanish korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blek bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Komil Allamjonov, Nozimaxon Davletova, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamda AQShdagi elchi Furqat Sidiqov ishtirok etdi.

Muzokaralarda ikki tomonlama investitsiya loyihalari va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. AQSh tomoni O‘zbekistonga biznesni jalb qilishda yordam berish va moliyaviy risklarning bir qismini sug‘urtalashga tayyor ekanini bildirdi.

Tomonlar 2026-yil oxirigacha qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Ushbu platforma yangi hamkorlarni jalb qilish va investitsiya jarayonlarini soddalashtirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashib, Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi doirasidagi hamkorlik natijalari hamda yangi iqtisodiy tashabbuslarni muhokama qildi.

Vashingtonda ushbu kengashning vakolatxonasi ham ish boshladi. Ochilish marosimida tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumini imzolab, kelgusidagi qo‘shma loyihalar uchun huquqiy asos yaratdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
/
MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
/
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi