Qarshi shahrini deyarli ikki barobarga kengaytirish rejalashtirilmoqda

Hududni kengaytirish ishlari 2042-yilgacha davom etadi

Qarshi shahrini deyarli ikki barobarga kengaytirish rejalashtirilmoqda

Qashqadaryo viloyatida Qarshi shahrini deyarli ikki barobarga kengaytirish rejalashtirilmoqda, bu shaharning bosh rejasidan ma’lum bo‘ldi.

Hujjatga ko‘ra, shahar maydoni 7 767 gektarga oshiriladi. Unga Koson, Qarshi va Ko‘kdala tumanlarining ayrim yerlari qo‘shib olinadi. Hududni kengaytirish ishlari 2042-yilgacha davom etadi.

2030-yilga kelib shahar maydoni 11 026,8 gektarga (hozirda 8 308,9 gektar), 2042-yilga kelib esa 16 073,6 gektarga yetadi. Aholi soni 470 ming kishini tashkil etadi, uy-joy fondi esa 10,81 mln kvadrat metrgacha ko‘payadi.

Yangi ko‘p qavatli uylar, bolalar bog‘chalari, maktablar, tibbiyot va ijtimoiy muassasalar barpo etiladi.

Magistral ko‘chalar uzunligini 291,33 km ga yetkazish rejalashtirilmoqda. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

BYD zavodi O‘zbekistonda 10 ta yangi model ishlab chiqarish uchun $200 mln jalb qiladi
/
BYD zavodi O‘zbekistonda 10 ta yangi model ishlab chiqarish uchun $200 mln jalb qiladi
2026-yilda JAC Motors Toshkent avtomobil zavodi ishga tushiriladi
/
2026-yilda JAC Motors Toshkent avtomobil zavodi ishga tushiriladi
Endilikda soliq qarzi 1 mln so‘mdan oshganda elektr uchun to‘lov cheklanadi
/
Endilikda soliq qarzi 1 mln so‘mdan oshganda elektr uchun to‘lov cheklanadi