Jahon banki Qambar-Ota GES-1 qurilishi uchun $500 mln ajratdi

Gidroelektrostantsiya qurilishi $4,5 mlrdga tushadi

Jahon banki Qambar-Ota GES-1 qurilishi uchun $500 mln ajratdi

Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vaziri Doniyor Amangeldiyev Qambar-Ota GES-1 qurilishi uchun Jahon banki va davlat byudjetidan $500 mln ajratiladi. Bu haqda “Tazabek.kg” xabar qildi.

Amangeldiyev mamlakatda gidroenergetika va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, GES loyihasi Norin daryosi bo’yidagi O’zbekiston va Qozog’iston kabi hamkorlarning e’tiborini tortganini ta’kidladi.

Rasmiylarning dastlabki hisob-kitoblariga ko’ra, gidroelektrostantsiya qurilishi taxminan $4,5 mlrdga tushadi.

Bundan oldin, O’zbekiston, Qirg’iziston va Qozog’iston Qambarota GES-1 qurilishiga tayyorgarlik ko’rish to’g’risida bitim imzolagani haqida xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi