Pulni foizlar bilan qanday jamg‘arish va undan erkin foydalanish mumkin
To‘ldiriladigan muddatli omonat tufayli daromadni ham, erkinlikni ham saqlab qolish mumkin

Ko‘pchilik shunday jamg‘arishni xohlaydiki, mablag‘ nafaqat ko‘payib borsin, balki uni xohlagan paytda ishlatish imkoniyati ham bo‘lsin. Bir qarashda, omonat bu — mablag‘larni ma’lum muddatga “muzlatib qo‘yish”dek tuyuladi. Aslida esa, moliya bozori allaqachon ancha qulayroq yechimlarni taklif etmoqda.
Omonat haqida nimalarni bilish muhim:
- foiz stavkasi qancha yuqori bo‘lsa, jamg‘arma shuncha tez o‘sadi;
- foizlarni yo‘qotmasdan omonatni to‘ldirish yoki mablag‘ning bir qismini yechib olish imkoniyati;
- omonat nafaqat “qo‘yish va unutish” vositasi, balki ma’lum bir maqsad uchun asta-sekin pul yig‘ish usuli ham bo‘lishi mumkin, masalan, ta’til, texnika xaridi yoki moliyaviy zaxira yaratish.
Tasavvur qiling, siz yarim yildan keyin sayohat qilishni rejalashtiryapsiz va daromadingizning bir qismini omonatga qo‘yishga qaror qildingiz. Ammo to‘satdan o‘qish yoki ta’mirlash uchun zudlik bilan pul kerak bo‘lib qoldi. Agar omonat foizlarni yo‘qotmasdan qisman yechib olish imkonini bersa, siz daromadni ham, erkinlikni ham saqlab qolasiz.
TBC Bank’ning to‘ldiriladigan muddatli omonati aynan shunday qulaylikni beradi. Uni xohlagan paytda to‘ldirish, zarurat tug‘ilganda esa pul yechib olish mumkin. Buning uchun omonat ochilgandan kamida bir oy o‘tgan bo‘lishi va hisobda kamida 100 ming so‘m qolishi kerak — shunda foizlar saqlanadi. Omonatni boshqarish juda qulay: barchasi TBC UZ mobil ilovasi orqali onlayn amalga oshiriladi, ofisga borish yoki navbat kutish shart emas. Hisoblangan foizlar esa o‘z vaqtida kartangizga yoki joriy hisobingizga tushadi.
Bunday format qattiq chegaralarsiz o‘zini tartibga solishni istaydiganlar uchun uchun mos. Chunki moliyaviy savodxonlik nafaqat “pul yig‘ish va saqlash”, balki hayotda chinakam foyda keltiradigan vositalarni to‘g‘ri tanlay bilishdir.
*Foiz stavkasi — 17%–22%, muddati — 3 oydan 24 oygacha. Batafsil shartlar havolada.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ