26.4.2024 | 11:24
O’zbekistonga pul o’tkazmalari hajmi $2,5 mlrdni tashkil etdi
Mablag'larning asosiy qismi Rossiya va Qozog'istondan kelgan

Фото: Открытые источники
2024 yilning birinchi choragida O’zbekistonga chet eldan $2,5 mlrdlik pul o’tkazmalari kelib tushdi. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.
O’tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko’rsatkich 8,6%ga oshdi. Mablag’larning asosiy qismi (84%) Rossiya va Qozog’istondan kelgan.
Nurmuratovning ta’kidlashicha, Rossiyadan O’zbekistonga pul o’tkazmalari oqimi pasayishda davom etmoqda. Rossiyada ishlayotgan muhojirlarning pul o’tkazmalari ulushi 68% gacha kamaydi, deya qo’shimcha qildi u.
Shu bilan birga, uzoq xorij mamlakatlaridan o’tkazmalar ulushi oshdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ