O’zbekistonga pul o’tkazmalari hajmi $2,5 mlrdni tashkil etdi

Mablag'larning asosiy qismi Rossiya va Qozog'istondan kelgan

O’zbekistonga pul o’tkazmalari hajmi $2,5 mlrdni tashkil etdi

2024 yilning birinchi choragida O’zbekistonga chet eldan $2,5 mlrdlik pul o’tkazmalari kelib tushdi. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.

O’tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko’rsatkich 8,6%ga oshdi. Mablag’larning asosiy qismi (84%) Rossiya va Qozog’istondan kelgan.

Nurmuratovning ta’kidlashicha, Rossiyadan O’zbekistonga pul o’tkazmalari oqimi pasayishda davom etmoqda. Rossiyada ishlayotgan muhojirlarning pul o’tkazmalari ulushi 68% gacha kamaydi, deya qo’shimcha qildi u.

Shu bilan birga, uzoq xorij mamlakatlaridan o’tkazmalar ulushi oshdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yevropa sudi Alisher Usmonovning singlisiga qo’yilgan sanksiyalarni bekor qilish iltimosini rad etdi
/
Yevropa sudi Alisher Usmonovning singlisiga qo’yilgan sanksiyalarni bekor qilish iltimosini rad etdi
Aprel oyida Markaziy bank to’qqizta bankni jarimaga tortdi
/
Aprel oyida Markaziy bank to’qqizta bankni jarimaga tortdi
O’zbekistonda dollar kursi yana 12 700 ga yaqinlashmoqda
/
O’zbekistonda dollar kursi yana 12 700 ga yaqinlashmoqda