Tez yurar poyezdlar uchun chipta narxi 20% dan 30% gacha oshirildi
O'zgarishlar fevral oyida kuchga kiradi

Фото: «Узбекистон темир йуллари»
O‘zbekistonda 2025-yil 1-fevraldan boshlab yuqori tezlikdagi va tez yurar yo‘lovchi poyezdlari uchun davlat tomonidan belgilangan tarif tartiboti bekor qilinib, narxlar oshirilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lum qildi.
Xabarga ko’ra, “Afrosiyob” elektropoyezdlarining VIP va Biznes toifa chiptalari 25% ga, Ekonom toifa chiptalari esa 20% ga oshadi.
Shuningdek, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” yo‘lovchi poyezdlari chiptalari 30% ga qimmatlashmoqda.
Yangi chipta narxlari quyidagicha:
“Toshkent — Buxoro”
- VIP: 994 000 so‘m
- Biznes: 751 000 so‘m
- Ekonom: 484 000 so‘m
“Toshkent — Qarshi”
- VIP: 854 000 so‘m
- Biznes: 634 000 so‘m
- Ekonom: 406 000 so‘m
“Toshkent — Samarqand”
- VIP: 619 000 so‘m
- Biznes: 450 000 so‘m
- Ekonom: 294 000 so‘m
Avvalroq, “Kapital.uz” 2025-yilning yanvaridan Toshkentda jamoat transportida yo‘lkira narxi oshirilishi haqida yozgan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ