Turkiyaning Warboots kompaniyasi O’zbekistonda maxsus poyabzal ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Loyihaning qiymati $50 mlnga baholanmoqda

Turkiyaning Warboots kompaniyasi O’zbekistonda maxsus poyabzal ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Turkiyaning poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan WARBOOTS kompaniyasi O’zbekistonda umumiy qiymati $50 mln bo’lgan yirik loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.bu haqda «O’zcharmsanoat» uyushmasi xabar bermoqda.

Dastlabki bosqichda investitsiya miqdori $15 mlnni tashkil etadi va zavod ishga tushirilgandan so’ng 4000 dan ortiq yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan, loyiha to’liq amalga oshirilganda $700 mlnlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Yig’ilishda Ohangaron kichik sanoat zonasida zavod qurish uchun uchastka ajratish taklif etildi.Mart oyida kompaniya vakillari yer uchastkalari va mahalliy ishlab chiqarish istiqbollarini o’rganish uchun O’zbekistonga tashrif buyurmoqchi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzbekistan Airways Toshkent va Andijon o‘rtasida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi
/
Uzbekistan Airways Toshkent va Andijon o‘rtasida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi
Alisher Usmonovning boyligi 2025 yil boshidan beri $3,1 mlrdga oshdi
/
Alisher Usmonovning boyligi 2025 yil boshidan beri $3,1 mlrdga oshdi
Sea Breeze Uzbekistan kompaniyasiga yangi talablar joriy etiladi
/
Sea Breeze Uzbekistan kompaniyasiga yangi talablar joriy etiladi