Palov oshini yetkazib berishga ixtisoslashgan plovme innovatsion platformasi sentyabr oyi oxirida ishga tushishga tayyorlanmoqda
plovme loyihasi shiddat bilan o‘zbek fudtexi cho‘qqilariga ko‘tarilmoqda
© «Plovme Kitchen» MChJ
Kompaniya oʻzining shaxsiy Dark Kitchen tarmogʻini butun Oʻzbekiston boʻylab ochishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonda nafaqat millionlab odamlarning gastronomik istaklarini qondirish, balki mintaqadagi foodtex sanoatining o‘sish drayveriga aylanishi kutilayotgan ulkan loyiha tez rivojlanmoqda. Yirik hamkorlar va xususiy investorlarning e’tiborini o‘ziga jalb qilgan plovme xizmati O‘zbekistondagi ikkinchi texnologik “yakkashox” uchun ishonch bilan da’vo qilmoqda.
Xizmat o‘zbek oshxonasining asosiy taomi bo‘lgan faqat – palovga alohida e’tibor qaratgan monomahsulotli yetkazib berishning noyob biznes- modeli evaziga bozorda ajralib turishni rejalashtirmoqda. Bitta mahsulotga maqsadli e’tiborini qaratgan holda, kompaniya yuqori sifat va tezkor yetkazib berish darajasiga erishishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, plovme buyurtmalarni qabul qilishdan ularni bajarishgacha boʻlgan jarayonlarni avtomatlashtirgan holda, oʻzining shaxsiy raqamli mahsulotlarini ishlab chiqaradi, bu esa xarajatlarni minimallashtirish va mijozlarga raqobatbardosh narxlarni taklif qilish imkonini beradi.
Yirik investorlar va hamkorlarning qo‘llab-quvvatlashi kompaniyaga biznesni tez orada kengaytirishni, yangi bozorlarga chiqish, Big Data va AI texnologiya foydalangan holda logistikani optimallashtirish va mijozlar tajribasini shaxsiylashtirish kabi innovatsion yechimlarni amalga oshirish uchun resurslar bilan ta’minlaydi.
Hozirgi bosqichda kompaniya butun O‘zbekiston bo‘ylab 120 dan ortiq shaharlarni qamrab olgan Dark Kitchen formatidagi 148 ta ishlab chiqarish nuqtalaridan iborat o‘z tarmog‘ini rivojlantirmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tarmoq qurilishini 2025 yilning ikkinchi choragida yakunlash rejalashtirilgan.
2026 yil oxirigacha plovmening loyiha quvvati butun O‘zbekiston bo‘ylab kuniga 1 millionta yetkazib berishlarga erishishi rejalashtirilgan. O‘rtacha chek 500-600 ming so‘mni tashkil qilishi, butun tarmoqning ishlab chiqarish quvvati esa kuniga 1000 tonna palov tayyorlanishidan oshishi kutilmoqda.
Hamkorlar, potentsial investorlar va venchur fondlari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirish maqsadida kompaniya oʻzining shaxsiy biznes-podkastini ishga tushirishni boshladi va hamkorlik uchun ariza qoldirish mumkin bo’lgan veb-sayt ochildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ