“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” deyarli 800 ming nafar yo‘lovchidan ortiqcha haq olgan

Sud qarori bilan ularga mablag‘larni qaytarishi va moliyaviy jarima to‘lashi belgilandi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” deyarli 800 ming nafar yo‘lovchidan ortiqcha haq olgan

Raqobat qo‘mitasi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ va “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MCHJ chiptalardan vositachilik bo‘yicha 792,1 ming nafar iste’molchidan ortiqcha haq undirilganligi aniqladi.

Shu sababli, ularga ortiqcha undirilgan pullarni iste’molchilarga qaytarish, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan.

Bu xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar esa Qo‘mita qarori yuzasidan norozi bo‘lib, sudga murojaat qilishgan.

Biroq, bir necha sud qarorlari bilan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ va “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MCHJlarning arizalari rad qilinib, Qo‘mita Maxsus komissiyasining qarori va ko‘rsatmasi o‘z kuchida qoldirildi. Ortiqcha olingan mablag‘larni qaytarishi va moliyaviy jarima to‘lashi belgilandi.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket beshinchi kun qimmatlashmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket beshinchi kun qimmatlashmoqda
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlarini naqd pulsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlarini naqd pulsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda
Yil davomida mamlakatda $35 mlrdlik 8,3 mingta loyiha ishga tushiriladi
/
Yil davomida mamlakatda $35 mlrdlik 8,3 mingta loyiha ishga tushiriladi