Biznesni qanday diversifikatsiya qilish mumkin: “Ozon” buyurtmalarni berish punktini ochamiz

Bugungi kunda platformada 50 milliondan ortiq faol xaridor mavjud

Biznesni qanday diversifikatsiya qilish mumkin: “Ozon” buyurtmalarni berish punktini ochamiz

Oʻzbekistonda iqtisodiyotning barqaror oʻsishi kuzatilmoqda. Respublika prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, sanoat, qurilish, xizmat koʻrsatish va elektron tijorat hisobiga savdo sohalari eng faol rivojlanmoqda. Oʻzbekistonlik tadbirkorlar allaqachon “Ozon” xalqaro marketpleysida oʻz oʻrnini topib, uning yordamida nafaqat mamlakat ichida, balki tashqarisida ham mahsulotlarini faol sotmoqda. Biroq, buyurtmalarni berish punktlarini ochish orqali biznesni diversifikatsiya qilish imkoniyati haqida hamma ham bilmaydi.

May oyida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Oʻzbekistonda oʻtkazilgan ishlar yakuni boʻyicha bayonot bergan edi. Unda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini yaxshilashga xizmat qilgani eʼtirof etilgan. Prognozlarga koʻra, 2024-yil yakunida real YaIM oʻsishi barqaror yuqori darajada qolib, 5,4 foizni tashkil etadi. Bunga 5,5 foizgacha koʻtariladigan ichki talab koʻmaklashadi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning birinchi yarim yilligida mamlakat yalpi ichki mahsuloti jahon oʻrtacha koʻrsatkichidan yuqori oʻsishni qayd etdi. Sanoat 7,8 foizga, chakana savdo aylanmasi esa 8,4 foizga oʻsdi. Bu asosan aholi real daromadlarining tez surʼatda oshishi, isteʼmol narxlari indeksining sekin oʻsishi (yanvar-iyun oylarida 5,2%) va aholining yuqori isteʼmol faolligi bilan bogʻliq.

Biznesni nima uchun diversifikatsiya qilish kerak?

Biznesni diversifikatsiyalash – bu faoliyat koʻlamini kengaytirish orqali xatarlarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beruvchi strategiya. Bundan tashqari, bunday yondashuv asosiy biznesni rivojlantirish yoki yangi yoʻnalishlarni ochish uchun yoʻnaltirish mumkin boʻlgan qoʻshimcha daromad olish imkonini beradi.

Iyul oyida Oʻzbekiston Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi respublikadagi Ishbilarmonlik faolligi indeksi boʻyicha maʼlumotlarni eʼlon qildi. U oyiga 16 foizga oʻsish bilan 1160 punktni tashkil etgan. Bunda bank operatsiyalari miqdori 12,9 foizga, korxonalar faolligi esa 0,8 foizga oshdi. Bu yangi biznes ochish hamon istiqbolli ekanligini anglatadi. Mamlakat iqtisodiyotining oʻsishi va isteʼmolchilarning real daromadlari oshishini hisobga olgan holda, yangi yoʻnalishlarda muvaffaqiyatga erishish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

“Ozon” buyurtmalarni berish punktlarini ochish nima uchun yaxshi gʻoya?

“Ozon” Oʻzbekistonda 2023-yildan beri faol rivojlanmoqda, shuningdek, MDHning boshqa davlatlarida ham oʻz mavjudligini jadal kengaytirmoqda. Kompaniya logistika tarmogʻini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratib, saralash markazlarini ochmoqda, milliy pochta xizmatlari va transport kompaniyalari bilan hamkorlik oʻrnatmoqda hamda hamkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlamoqda.

Bugungi kunda platformada 50 milliondan ortiq faol xaridor mavjud. Har bir foydalanuvchi “Ozon”da yiliga oʻrtacha 21 marta buyurtma beradi, bunda 10 ta xaridordan 8 tasi buyurtmalarni kompaniyaning berish punktlarida olishni maʼqul koʻradi. Buni ishga, oʻqishga yoki uyga ketayotganda amalga oshirish qulay, chunki barcha punktlar yagona ish jadvali boʻyicha – soat 9:00 dan 21:00 gacha, tushliksiz va dam olish kunlarisiz ishlaydi.

Tadbirkorning daromadi aylanmadan olinadigan foizdan tashkil topadi: qancha koʻp buyurtma berilsa, daromad shuncha yuqori boʻladi. Bundan tashqari, sotuvchilardan tovarlarni qabul qilish yoki boshqa logistika kompaniyalari bilan hamkorlik qilish orqali qoʻshimcha foyda olish mumkin. Daromadni oshirishning yana bir usuli – berish punktida qoʻshimcha biznes ochish, yaqinda “Ozon” oʻz hamkorlariga shunday imkoniyatini taqdim etdi.

“Ozon” oʻz hamkorlariga moliyaviy yordam koʻrsatadi

Buyurtmalarni berish punktlari egalari punkt ochilganidan soʻng birinchi yarim yilda 81 000 000 soʻmgacha yordam olishlari mumkin. Bu mablagʻni qanday sarflashni har kim oʻzi hal qiladi. Kimdir uni tezroq barqaror yuqori daromadga erishish uchun qoʻshimcha rivojlantirishga sarflasa, boshqalar taʼmirlash va ijara xarajatlarini qoplashga ishlatadi.

“Ozon”da yordam miqdori va punktning taxminiy daromadini koʻrsatadigan interaktiv xarita mavjud. Hudud turli ranglardagi kataklar bilan qoplangan. Oltin rang bilan kafolatlangan daromad joylari, moviy rang bilan esa buyurtmalarni berish punktlari hali mavjud boʻlmagan va platforma bu yerda ushbu biznesni ochadigan birinchi kishiga pul oʻtkazishga tayyor boʻlgan mahalliy hududlar belgilangan.

Moliyaviy yordamdan tashqari, “Ozon” hamkorlarga ommalashtirish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Marketpleys peshlavha va boshqa reklama materiallarini bepul taqdim etadi, shuningdek, oʻz foydalanuvchilarini yangi buyurtmalarni berish punkti ochilgani haqida xabardor qiladi va punktni barcha xaritalarga qoʻshadi.

“Ozon” buyurtmalarni berish punktini ochishning bosqichma-bosqich rejasi

Birinchi qadam: xaritadan joy tanlash va bino izlash. Bu birinchi qavatda joylashgan, yaxshi trafik va alohida kirish joyiga ega bino boʻlishi kerak. Katta shaharlarda maydon 25 kvadrat metrdan boshlanishi talab qilinadi, kichik aholi punktlari uchun bunday talab yoʻq. Xonada buyurtmani berish zonasi, ombor va kiyib koʻrish xonalarini jihozlash imkoniyati boʻlishi muhim.

Ikkinchi qadam: ariza toʻldirish va binoni hududiy menejer bilan kelishish.

Uchinchi qadam: “Ozon” va bino egasi bilan shartnoma imzolash lozim.

Toʻrtinchi qadam: binoda kichik kosmetik taʼmirlash ishlarini amalga oshirish va xodimlar izlash. “Ozon” barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etadi, shuningdek, jamoani oʻqitishga yordam beradi. Kompaniyada berish punktlari egalari uchun batafsil qoʻllanma mavjud, bundan tashqari, yuzaga keladigan har qanday savollarni doimo aloqada boʻladigan hududiy menejer bilan hal qilish mumkin.

Beshinchi qadam: ochilishni kelishish va faoliyatni boshlash.

“Ozon” buyurtmalarni berish punktini ochish – bu ishonchli hamkor bilan biznesning yangi yoʻnalishini oʻzlashtirish imkoniyati. Platforma hamkorlikdan manfaatdor, shu sababli ishlash uchun barcha infratuzilmani taqdim etadi, shuningdek, punkt egalarini birinchi qadamdan boshlab barcha bosqichlarda qoʻllab-quvvatlaydi. Kompaniya saytida kerakli maʼlumotlarni olishingiz va oʻz biznesingizni ochish uchun ariza qoldirishingiz mumkin.

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ribasiz treyding: foreksda qanday halol savdo qilish mumkin
/
Ribasiz treyding: foreksda qanday halol savdo qilish mumkin
«Biznesni rivojlantirish banki» xodimi ACCA a’zosi bo‘ldi  
/
«Biznesni rivojlantirish banki» xodimi ACCA a’zosi bo‘ldi  
Chekishga qarshi kurashda O‘zbekiston Shvetsiyadan qanday o‘rnak olishi mumkin
/
Chekishga qarshi kurashda O‘zbekiston Shvetsiyadan qanday o‘rnak olishi mumkin