“O‘zmetkombinat” 132,5 mln yevro xalqaro investitsiya jalb qildi
Mablag‘lar ICIEC sug‘urta ko‘magida Standard Chartered Bank va KfW IPEX-Bank tomonidan taqdim etilgan
Фото: Узметкомбинат
“O‘zmetkombinat” ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va eksportni rivojlantirish uchun $132,5 mln yevro miqdorida xalqaro investitsiya jalb qildi. Bu haqda korxona matbuot xizmati xabar berdi.
Moliyalashtirishni tashkil etishda Buyuk Britaniyaning Standard Chartered Bank va Germaniyaning KfW IPEX-Bank GmbH banklari ishtirok etgan bo‘lib, bitim Islom investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash korporatsiyasi (ICIEC) tomonidan kafolatlangan.
Yangi majmua O‘zbekistonda ilk bor issiq prokatlangan rulonlar ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish liniyasi bo‘ladi. Boshqaruv raisi Bahodir Abdullayevning so‘zlariga ko‘ra, loyiha ishga tushirilishi import hajmini kamaytirish va mamlakatning sanoat salohiyatini mustahkamlash imkonini beradi.
Shuningdek, eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston iqtisodiyot va ijtimoiy sohada sun’iy intellektni joriy etish uchun $50 mln ajratadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ