“O‘zbekneftgaz” raisi qator neft bazalari rahbarlarini ishdan oldi

Qayd etilishicha, Termiz, Jizzax, Maroqand hamda Kuchlik neft bazalari rahbarlari faoliyatida kamchilik aniqlangan

“O‘zbekneftgaz” raisi qator neft bazalari rahbarlarini ishdan oldi

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov neft bazalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot kotibi Mo‘min Ibodov.

Unda neft bazalari faoliyatini sog‘lomlashtirish, moliyaviy-intizomiy holatni yaxshilash, soliq yukini optimallashtirish, ishchi-xizmatchilar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish hamda o‘rtacha ish haqini oshirish masalalari muhokama qilingan.

Olib borilgan o‘rganish natijasiga ko‘ra, 2025-yil davomida yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklari uchun Termiz, Jizzax, Maroqand hamda Kuchlik neft bazalari rahbarlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgan.

Kompaniya saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur neft bazalarini quyidagilar boshqarib kelgan:

  • Termiz neft bazasi — G‘ayrat Raqshanovich Norqobilov;
  • Jizzax neft bazasi — Muhammadali Akbutayevich Umarov;
  • Maroqand neft bazasi — Anvar Ismatullayevich Ikramov;
  • Kuchlik neft bazasi — Elyor Tolib o‘g‘li Xudayshukurov.

Yig‘ilishda aholiga halollik, poklik va ochiqlik tamoyillari asosida xizmat ko‘rsatish orqali sifatli neft mahsulotlarini yetkazib berish ustuvor masalalar bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi, deyiladi xabarda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatgacha 15% li kredit ajratiladi
/
O‘zbekistonda yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatgacha 15% li kredit ajratiladi
Markaziy bank uchta kompaniyani mikromoliya tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazdi
/
Markaziy bank uchta kompaniyani mikromoliya tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazdi
Oman Air iyundan Maskat — Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
/
Oman Air iyundan Maskat — Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi