“O‘zbekneftgaz” ning 3 yilllik moliyaviy hisobotlari qariyb 50 mln so‘mga audit qilinadi

Bunda auditorlik tashkiloti sifatida “KPMG Audit” MCHJ tanlangan

“O‘zbekneftgaz” ning 3 yilllik moliyaviy hisobotlari qariyb 50 mln so‘mga audit qilinadi

20-yanvar kuni “O‘zbekneftgaz” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari yig’ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda ILMA rasmiy sahifasida ma’lum qilindi

Unda “O‘zbekneftgaz” AJning moliyaviy hisobotini 3 yil davomida majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini va uning xizmatlari uchun to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash masalasi muhokama qilingan. 

Qarorga kora, “O‘zbekneftgaz” AJning 2024-2026-yillar yakuni bo‘yicha MHXSga muvofiq tuzilgan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotini majburiy tekshiruvidan o‘tkazish uchun “KPMG Audit” MCHJ auditorlik tashkiloti tanlandi. 

Kompaniyaning bu xizmatiga to‘lanadigan eng ko‘p miqdori 48,9 mln (QQS bilan) so‘m etib belgilangan. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston 2025-yilda parrandachilik eksportini 2 karra oshirib, $180 mlnga yetkazish rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston 2025-yilda parrandachilik eksportini 2 karra oshirib, $180 mlnga yetkazish rejalashtirmoqda
2024-yilda O‘zbekistonning gaz importi hajmi 2,4 barobar ko‘paygan
/
2024-yilda O‘zbekistonning gaz importi hajmi 2,4 barobar ko‘paygan
Umumiy 100 gektarlik yer uchastkalarida brussonetiya daraxti yetishtiriladi
/
Umumiy 100 gektarlik yer uchastkalarida brussonetiya daraxti yetishtiriladi