“O’zbeknefetgaz”ga qarshi ish qo’zg’atildi
Kompaniya 4,8 mlrd so‘mga yaqin ikkita tenderni tekshirish yakunlari bo'yicha monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlikda gumon qilinmoqda

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi “O’zbekneftgaz” kompaniyasini raqobat to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganlikda gumon qilgani sababli unga nisbatan ish qo’zg’atdi.
Qo’mita ma’lumotlariga ko’ra, poytaxtda ixtisoslashtirilgan elektron portallarda amalga oshirilayotgan davlat xaridlarini muntazam monitoring qilish jarayonida “raqobat to’g’risida”gi Qonunning 29-moddasi buzilganligi aniqlandi. Qoidabuzarliklar “O’zbekneftgaz” tomonidan o’tkazilgan umumiy qiymati 4,8 mlrd so’mga yaqin bo’lgan ikkita tenderda aniqlandi.
Shu munosabat bilan “O’zbekneftgaz”ga qarshi ish qo’zg’atildi. Buning sababi monopoliyaga qarshi talablar va Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga rioya qilinmaganlikda gumon qilingan.
Qo’shimcha ma’lumotlar ish ko’rib chiqilgandan va tegishli qaror qabul qilingandan so’ng taqdim etiladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ