O‘zbekistonda 5 mln kishi kamida bitta bank kreditiga ega — Markaziy bank
Banklardan kredit olgan aholining taxminan 27% ida ikki yoki undan ortiq kredit bor

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Markaziy bank ma’lumotlarida keltrilishicha, 2025-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, mamlakatda qariyb 5 mln kishi kamida bitta bank kreditiga ega. Banklardan kredit olgan aholining taxminan 27% i, ya’ni 1,4 mln kishida ikki yoki undan ortiq krediti bor.
Banklardan kredit olgan jismoniy shaxslarning:
- 11% ida 3 ta va undan ortiq;
- 16% ida 2 tadan;
- 73% ida 1 ta kredit bor.
2020-yil boshida uchta yoki undan ko‘p kreditga ega bo‘lganlar ulushi 5% ni tashkil etgan. O‘sha yilda ikki kreditga ega bo‘lganlar ulushi 13% bo‘lgan. Bitta krediti borlar esa 82% ni tashkil etgan.
Bu o‘zgarishlar aholining kreditdan ko‘proq foydalanayotganini va moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj oshib borayotganini ko‘rsatadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ