Janubiy Koreyaning ikkita aviakompaniyasi O’zbekistonga parvozlarni amalga oshiradi

Parvozlar haftasiga to’rt marta qo’yiladi

Janubiy Koreyaning ikkita aviakompaniyasi O’zbekistonga parvozlarni amalga oshiradi

Janubiy Koreyaning “Jeju Air” va “T’way Air” aviakompaniyalari O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi xabar berdi.

Parvozlar kelasi yildan boshlab haftasiga to’rt marta Incheon — Toshkent yoʻnalishida amalga oshiriladi. “Jeju Air” aviatsiya bozorida 2005-yildan beri faoliyat yuritadi. 

“T’way Air” aviatashuvchisi esa 2003-yilda ochilgan. Kompaniya Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga parvozlarni amalga oshiradi. Boeing 737 va Airbus A330 samolyotlari yo’lovchilarni tashish uchun ishlatiladi.

Bundan oldin, Saudiyaning  “Flyadeal” aviakompaniyasi 21-noyabrdan Jidda — Toshkent yo’nalishida qatnovlarni boshlagani haqida xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ozarbayjonda “Made in Uzbekistan” brendi nomidagi shou-rum ochildi
/
Ozarbayjonda “Made in Uzbekistan” brendi nomidagi shou-rum ochildi
Qirg‘iziston O‘zbekiston bergan ikki yer uchastkasini davlat mulkiga oldi
/
Qirg‘iziston O‘zbekiston bergan ikki yer uchastkasini davlat mulkiga oldi
“Anorbank” aksiyador o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq voqeaga izoh berdi
/
“Anorbank” aksiyador o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq voqeaga izoh berdi