O‘zbekistonda Amazonning “Kuiper” sun’iy yo‘ldoshi bilan yuqori tezlikdagi internet yo‘lga qo‘yiladi

Raqamli texnologiyalar vazirligi kompaniya bilan bu haqdagi memorandumni imzoladi

O‘zbekistonda Amazonning “Kuiper” sun’iy yo‘ldoshi bilan yuqori tezlikdagi internet yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda Amazonning “Kuiper” sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i orqali yuqori tezlikdagi internet xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShning Amazon Kuiper kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida tomonlar O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani rivojlantirish va keng polosali internet xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Amazon Kuiper Commercial Services LLC o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat “Project Kuiper” sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i orqali mamlakat hududida yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini yo‘lga qo‘yish va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilaydi.

Ma’lumot uchun, Amazon Kuiper — Amazon korporatsiyasining sun’iy yo‘ldosh internet loyihasi bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmasi bo‘lib, Yer orbitasidagi (LEO) yo‘ldoshlar orqali butun dunyo bo‘ylab yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini taqdim etishni maqsad qiladi.

Kapital.uz avvalroq Meta O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

NKMK 5 yilda oltin ishlab chiqarishni 30% ga oshirishni rejalashtirmoqda
/
NKMK 5 yilda oltin ishlab chiqarishni 30% ga oshirishni rejalashtirmoqda
2026-yildan davlat idoralari binolari energiya samaradorlik tamoyillari asosida qayta quriladi
/
2026-yildan davlat idoralari binolari energiya samaradorlik tamoyillari asosida qayta quriladi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi kun o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi kun o‘sishda davom etmoqda