O’zbekiston tashqi savdosi deyarli $10 mlrdga yetdi

Xitoy va Rossiya asosiy savdo sheriklari bo'lib qolmoqda

O’zbekiston tashqi savdosi deyarli $10 mlrdga yetdi

2024 yilning yanvar-fevral oylarida O’zbekiston tashqi savdosi $9,9 mlrdga yetdi. Bu haqda statistika agentligi hisobotidan ma’lum bo’ldi.

O’tgan yilning shu davriga nisbatan O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $940,3 mlnga (10,5% ga) oshdi. Eksport $3,6 mlrdni tashkil etdi (13,6% ga o’sdi), import esa $6,2 mlrdga etdi (8,7% ga o’sdi).

O’zbekistonning asosiy savdo hamkori Xitoy bo’lib qolmoqda — $2,1 mlrd. Shundan respublikaning ushbu mamlakatga eksporti $349,4 mlnga, import esa $1,7 mlrdga teng bo’ldi. Rossiya ikkinchi o’rinni egalladi: eksport — $493,4 mln, import — $1,2 mlrd.

Keyingi o’rinda $581,8 mlnlik o’zaro savdo-sotiq bilan Qozog’iston, shuningdek Turkiya — $435,5 mln va Janubiy Koreya — $368,8 mln turadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jahon banki Markaziy Osiyo uchun $3,2 mln miqdorida grant ajratadi
/
Jahon banki Markaziy Osiyo uchun $3,2 mln miqdorida grant ajratadi
“Solfy” O‘zbekiston Milliy banki bilan hamkorlik bekor qilinganini sud tartibida ko‘rib chiqmoqda
/
“Solfy” O‘zbekiston Milliy banki bilan hamkorlik bekor qilinganini sud tartibida ko‘rib chiqmoqda
Termizdan Dubay va Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
/
Termizdan Dubay va Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi