O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘zaro hamkorlikka oid 13 ta hujjat imzolandi

Jumladan, Qo‘shma investitsiya platformasini yaratish to‘g‘risidagi hadli bitim qabul qilindi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘zaro hamkorlikka oid 13 ta hujjat imzolandi

Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev Qo‘shma bayonot imzoladilar. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Shuningdek, davlat rahbarlari Oliy Davlatlararo kengashning geologiya, nodir yer metallarini qazib olish, transchegaraviy daryolar oqimini prognoz qilish bo‘yicha ikki tomonlama ishchi guruhlarni tuzish hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlari rahbarlarining kengashini tuzish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qildilar.

Tashrif davomida yana bir qator hujjatlar imzolandi, jumladan:

  1. Transchegaraviy suv obyektlarini birgalikda boshqarish va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi bitim;
  2. Bojxona xizmati vakolatxonalarini ochish to‘g‘risidagi bitim;
  3. Chegaraoldi hududlarda yerusti radio xizmatlari tomonidan fuqarolik maqsadlarida foydalaniladigan radiochastotalarni o‘zlashtirishni muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi bitim;
  4. Qo‘shma harbiy o‘quvlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi bitim;
  5. Qo‘shma investitsiya platformasini yaratish to‘g‘risidagi hadli bitim;
  6. 2026−2027-yillarga mo‘ljallangan turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi;
  7. Adliya vazirliklari o‘rtasida 2025−2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
  8. Tog‘-kon sanoatida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi memorandum;
  9. O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi va “Assambleya jastarы” jamoat birlashmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum;
  10. Sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  11. Tibbiy sug‘urta jamg‘armalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  12. Toshkent shahar hokimligi va Ostona shahar hokimligi o‘rtasida hamkorlik bitimi;
  13. “O‘zbekneftgaz” va “Kazmunaygaz” aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida hamkorlik bitimi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi