O‘zbekiston Kuvayt bilan hamkorlikda “Aqlli” shaharlarni barpo etish haqida kelishuvga erishdi

Prezident Mirziyoyev tashrifi davomida jami 10 ta hujjat imzolandi 

O‘zbekiston Kuvayt bilan hamkorlikda “Aqlli” shaharlarni barpo etish haqida kelishuvga erishdi

O‘zbekiston Kuvayt “Aqlli” shaharlarni barpo etish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi

Al-Kuvayt shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Saboh O‘zbekiston-Kuvayt keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. Shuningdek, quyidagi hujjatlar imzolandi:

  • Sanoat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimga bayonnoma;
  • Mehnat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • San’at va madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Turizm sohasida 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi;
  • Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim.

Avvalroq Prezident Mirziyoyevning Malayziyaga tashrifi doirasida ham ikki davlat o‘rtasida 10 ta hujjat imzolangan edi. Xususan, mamlakatlar “Aqlli” shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik qiladi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi
/
Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi
Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi
/
Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi