Yangi Toshkentda “Ostona” nomli yangi mavze barpo etiladi

Qozog‘istonning BI Group kompaniyasi $200 mlnlik turar-joy majmuasini quradi

Yangi Toshkentda “Ostona” nomli yangi mavze barpo etiladi

O‘zbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabariga ko‘ra, Yangi Toshkentda Qozog‘iston poytaxti nomi bilan ataladigan — “Ostona” mavzesi barpo etiladi. Loyiha Qozog‘istonning yetakchi qurilish kompaniyalaridan biri BI Group tomonidan amalga oshiriladi.

Yangi Toshkentda qurilish sur’atlari ortib bormoqda: bugungi kungacha 2 mln kvadrat metrdan ortiq maydon o‘zlashtirilgan, 20 mingdan ziyod xonadonda qurilish ishlari boshlangan. Shahar hududida 10 kilometr uzunlikdagi sohilbo‘yi zonasi barpo etildi, 1 mlndan ortiq daraxt va ko‘chat ekildi. Umumiy qiymati 5 mlrd dollardan oshadigan 100 dan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda.

Oliy Davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishidan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning Yangi Toshkentdagi kooperatsiya loyihalari ishga tushirilishida ishtirok etgani ushbu jarayonning muhim bosqichiga aylandi.

“Ostona” mavzesining birinchi bosqichi uchun 10,5 gektar yer ajratilgan. Loyiha qiymati $200 mln, qurilish maydoni 25 660 kvadrat metr, jami 3 162 ta zamonaviy xonadon barpo etilishi rejalashtirilgan.

Mavzening arxitektura yechimlari Yangi Toshkentning umumiy shaharsozlik kontsepsiyasiga mos tarzda ishlab chiqiladi. Loyiha ekologik toza va qulay yashash hududi yaratishga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston–Qozog‘iston iqtisodiy hamkorligining amaliy bosqichga o‘tayotganini ko‘rsatadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari $1 mlrddan ortiq qo‘shma loyihalarni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari $1 mlrddan ortiq qo‘shma loyihalarni ishga tushirdi
O‘zbekiston va Qirg‘izistonda “yashil” investitsiyalarni kengaytirish bo‘yicha loyiha ishga tushiriladi
/
O‘zbekiston va Qirg‘izistonda “yashil” investitsiyalarni kengaytirish bo‘yicha loyiha ishga tushiriladi
“Toshkent-Sharqiy” aeroporti “Toshkent-Humo” deb qayta nomlandi
/
“Toshkent-Sharqiy” aeroporti “Toshkent-Humo” deb qayta nomlandi