“Oson” to‘lov xizmati 288 mln qiymatidagi aksiyalarini sotuvga chiqardi

Bu oxirgi 12 oy ichida kompaniyaning ustav kapitalidagi uchinchi o‘zgarish bo‘ldi

“Oson” to‘lov xizmati 288 mln qiymatidagi aksiyalarini sotuvga chiqardi

“Oson” to‘lov xizmati boshqaruvchisi “Brio Group” AJ ustav jamg‘armasini oshirmoqda. Bu haqda Yagona korporativ axborot portalida ma’lum qilindi.

Kompaniya qo‘shimcha ravishda 288 mln oddiy aksiya chiqarib, 5 mlrd so‘mlik kapital jalb qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu emissiya 2024-yil dekabr oyida Milliy istiqbolli loyihalar agentligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va yagona aksiyadorga joylashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Aksiyalar joylashtirilgach, “Oson”ning ustav jamg‘armasi 25 mlrd so‘mga yetdi. Bu oxirgi 12 oy ichida kompaniyaning ustav kapitalidagi uchinchi o‘zgarish bo‘ldi.

2024-yil fevral oyida kompaniya aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tib, ustav kapitalini 10 mlrd so‘mdan 13 mlrd so‘mga oshirgan edi. Ushbu qaror 2023-yil kuzida to‘lov xizmatlariga qo‘yilgan yangi talablar asosida qabul qilingan.

Keyingi kapital oshirish jarayoni 2024-yil sentyabrda amalga oshirilib, kompaniya 7 mlrd so‘mlik aksiyalar chiqargan, natijada, uning ustav jamg‘armasi 20 mlrd so‘mga yetgan. Bu esa 2025-yil iyul oyidan boshlab to‘lov tashkilotlari uchun belgilangan minimal talab darajasiga mos keladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi
/
Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi
Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi
/
Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi