Toshkentda “O‘rikzor” qurilish bozori yopildi

Bozorning yopilishiga elektr simlarida ko‘plab yong‘in xavfsizligi buzilishlari aniqlangan

Toshkentda “O‘rikzor” qurilish bozori yopildi

1-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda “O‘rikzor” bozori elektr ta’minoti o‘chirilgani sababli yopilgani haqida ma’lumot tarqaldi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bu hodisaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “O‘rikzor” qurilish bozori 27-iyun kunidan Stroy Gorod savdo pavilonlarida elektr simlarida ko‘plab yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilgani aniqlangani sababli yopilgan. “O‘rikzor” bozorini yopish to‘g‘risidagi qarorni 13-iyun kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qabul qilgan. Savdo majmuasi kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng o‘z faoliyatini qayta boshlaydi.

Shu bilan birga, Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi “O‘rikzor” bozorida avariya natijasida elektr ta’minoti uzilgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.

Bozor elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlanmoqda va ishning to‘xtashi tadbirkorlarning 1-iyuldan boshlab duch kelayotgan ichki muammolari bilan bog‘liq. Bunga bozor ma’muriyati javobgar, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi “Yunusobod” bozorida qayta qurish ishlari boshlangan edi. Bu chora-tadbirlar sanitariya holatini yaxshilash, xavfsizlikni oshirish, qulaylik yaratish va tartib o‘rnatishga qaratilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Haydovchilar biometrik hujjatlarning asl nusxasini koʻrsatishlari shart — YHXB
/
Haydovchilar biometrik hujjatlarning asl nusxasini koʻrsatishlari shart — YHXB
Yanvar-may oylarida avtomobil ishlab chiqarish qariyb 5% ga oshdi
/
Yanvar-may oylarida avtomobil ishlab chiqarish qariyb 5% ga oshdi
O‘zbekistonda dollar kursi besh kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi besh kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pasaydi