1.4.2025 | 11:23
O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quyma narxi ilk bor 6,6 mln so‘mdan oshdi
Jahon kotirovkalarida oltin bir troya unsiyasi uchun $3150 dan sotilmoqda

Фото: Freepik
1-aprel kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
1 gramm oltin 1 mln 334 ming 270 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 6 mln 671 ming so‘mdan sotilmoqda.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 6,67 mln so‘m;
- 10 gramm oltin quyma narxi 13,34 mln so‘m;
- 20 gramm oltin quyma narxi 26,68 mln so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 66, 71 mln so‘m;
- 100 gramm oltin quyma narxi 133,42 mln so‘mni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 28-mart kuni ham mamlakatda oltin narxi 6,5 mlnga yetgan edi.
1-aprel holatiga oltinning jahon kotirovkalarida bir troya unsiyasi uchun $3150 ga yaqinlashdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ