O‘zbekistonda oltin quymalari narxi keskin tushdi
Qimmatbaho metall bir kunda 209 ming so‘mga yoki 2,51% ga arzonlagan

Фото: Центральный банк
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi keskin tushdi. 2025-yil 23-oktabr holatiga ko‘ra, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan oltin quymasining bir gramm narxi 1,62 mln so‘mni tashkil qildi.
Mamlakatda 5 grammli oltin quymalari narxi 8,32 mln so‘mlik qiymatdan bir kunda 209 ming so‘mga yoki 2,51% ga arzonladi.
Hozirgi kunda quymalar narxi quyidagicha:
- 5 gramm — 8,1 mln so‘m;
- 10 gramm — 16,2 mln so‘m;
- 20 gramm — 32,4 mln so‘m;
- 50 gramm — 81,1 mln so‘m;
- 100 gramm — 162,3 mln so‘m.
Kecha, 22-oktabrda jahon bozorida qimmatbaho metall bir kunda 6% ga arzonlagan. Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning birja narxi bir unsiyasi uchun $4,1 mingni tashkil qildi.
Eslatib o’tamiz, 17-oktabr kuni 5 grammli oltin quymalari narxi 44-marta rekordni yangilagan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ