Oltin narxi tarixda birinchi marta untsiya uchun $2500dan oshdi

Bu AQSh FZT stavkasining pasayishini kutish va geosiyosiy keskinlikning oshishi bilan bog'liq

Oltin narxi tarixda birinchi marta untsiya uchun $2500dan oshdi

Oltin yangi rekord o’rnatdi va birinchi marta untsiya uchun $2500dan oshdi. 1 avgust kuni Chikago tovar birjasida dekabr oyidagi oltin shartnomasi 1,21%ga oshib, Toshkent vaqti bilan soat 6:29 ga qadar untsiya uchun $2502,8ni tashkil etdi.

Oltin narxi yaqin Sharqdagi keskinliklar va AQSh FZT stavkasining pasayishi kutilayotgani sababli ko’tarilmoqda, deya xabar beradi Reuters. Odatda, oltin past foiz stavkalarida qimmatlashadi, chunki u obligatsiyalar va boshqa doimiy daromadli aktivlarga nisbatan jozibador bo’lib qoladi. AQSh saylovlari va global xavflar tufayli oltinga talab ham oshishi mumkin.

30-31 iyul kunlari bo’lib o’tgan FZT yig’ilishi natijalariga ko’ra, stavka yillik 5,25–5,5% darajasida qoldi, bu 20 yildan ortiq vaqt davomidagi eng yuqori ko’rsatkichdir. FZT raisi Jerom Pauellning ta’kidlashicha, agar iqtisodiy vaziyat o’zgarmasa, stavkalar sentyabr oyidayoq pasaytirilishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston JCh–2026 ishtiroki uchun kamida $10,5 mln oladi
/
O‘zbekiston JCh–2026 ishtiroki uchun kamida $10,5 mln oladi
Qurilish sohasidagi muhokamalarga vazirlik munosabat bildirdi
/
Qurilish sohasidagi muhokamalarga vazirlik munosabat bildirdi
YeOTB O‘zbekiston iqtisodiyoti va dollar kursi bo‘yicha 2028-yilgacha prognoz e’lon qildi
/
YeOTB O‘zbekiston iqtisodiyoti va dollar kursi bo‘yicha 2028-yilgacha prognoz e’lon qildi